Loyihaning mazmuni va maqsadi

1.Loyihaning nomlanishi: Buxoroning ijtimoiy va xususiy me’morchiligi islom san’ati tarixi olamida, ilmiy restavrastiya va qurilish izlanishi.

2. Kirish

Me’moriy qo’riqxona  sifatida YuNESKO qaramog’idagi qadimiy shahar Buxoro (O’zbekiston), O’rta Osiyo tarixiy shahar qurilishidagi,  foydalalanilishiga ko’ra va  shahar kvartalining tarixiy taraqqiyotida  o’ziga xos ko’plab alohida yodgorliklardan tashkil topgan ayniqsa muhim ansambllar qatoriga kiradi.

Izlanish loyihasi bugungi kunga qadar  an’anaviy struktura saqlanib qolgan  Xo’ja Zayniddin shahar dahasi (kvartali)ni ilmiy tadqiq etishga bag’ishlangan. Tarixiy va san’tshunoslikda muhim ahamiyatga ega bo’lgan masjid va uni o’rab turgan binolar daha (kvartal) markazi bo’lib xisoblanadi. Oldin masjid me’morchilik san’ati tarixiga doir manbaalarda  biroz tilga olib o’tilgan,  lekin haligacha shahar dahasi (kvartali)dagi yashash va jamoatga oid binolar to’g’risida  hech qanday ma’lumot yo’q. Hattoki konstruktiv va dekorativ ahamiyatga ega bo’lgan, yog’ochdan qo’rilgan qurilish binolar ham  salgina tilga olib o’tilgan xolos. Huddi shunday Xo’ja Zayniddin ansambli tegishli bo’lgan Shayboniylar me’morchiligi tarixi yaqin kunlargacha faqatgina mintaqaviy kontekstlardagina o’rganilgan.

Shaharning bu tumani keyingi paytlarda taraqqiyotda ancha ilgariladi. Bu yerda sovet hukumati davrining dastlabki yillaridagi aholi strukturasining o’zgarishini aytib o’tish mumkin. Shahar ichidagi bozorlarni shahar tashqarisiga ko’chirish ijtimoiy tuzilmaga va qurilish xususiyatlarini saqlashga salbiy ta'sir ko’rsatdi.

Sovet hukumati davridagi kuchli o’zgarishlarga qaramasdan Xo’ja Zayniddin ansambli o’zini o’rab turgan daha (kvartal) aloqani saqlab qoldi. Ushbu eski shahrning yuzi bo’lib hisoblangan ansambl sharofati bilan Buhoro dunyo ahamiyatiga molik madaniy meros darajasini qo’lga kiritdi. Ansambl misolida kvartalning doimiy ravishda rivojlanib borganligini bilish mumkin va ushbu xol mazkur regionga xos bo’lib hisoblanadi.

Batafsil tadqiqotning muhimligi daha (kvartal)ning  havfli ahvoldaligidan dalolat beradi. Bunga asosiy sabablardan biri, alohida binolarni saqlab qolishga bo’lgan harakatlarga qaramasdan, me’moriy yodgorliklarni tubdan tadqiq qilish uchun choralarning yetishmasligidir. Eski shahar dahasini yodgorlik sifatida va ijtimoiy- madaniy bahosini saqlab qolish 1996 yildayoq YuNESKOning hisobotida eslatib o’tilganligiga qaramasdan, haligacha  me’moriy yodgorliklarni madaniy meros sifatida saqlab qolish uchun to’liq konseptsiya ishlab chiqilmagan. Mazkur loyiha ushbu muammo asosiga qurilgan.

3. Loyihaning maqsadi

Hamkorlikdagi tadqiqot loyihasining maqsadi daha (kvartal)ning  dastlabki  disstiplinalararo ilmiy izlanishi bo’lib hisoblanadi. Dastlab san’atshunoslar, tarixchilar, restavratorlar, qurilish tadqiqotchilari, arxitektorlar va shahar planini tuzish bo’yicha mutahasislardan iborat tadqiqotchilar guruhi shahar va mamlakat boshqaruv organlari bilan birgalikda ma’lumotlar jamlanmasini ko’rib chiqishlari lozim.

Birinchi navbatda Xo’ja Zayniddin ansambli tadqiq qilinishi kerak (loyihaning birinchi fazasi). Bunda masjid va ansambl uning ijtimoiy va tarixiy kontekstida tadqiqot markazida turadi. Keyinchalik tadqiqotni daha (kvartal)ning janubiy qismiga qarata kengaytirish ko’zda tutilmoqda (loyihaning ikkinchi fazasi).

Metodik nuqtai nazardan ananaviy qurilish hujjatlashtirishlar (fotosuratlar, chizmalar, fotogrammetriyalar) qatorida qurilishning uch o’lchamdagi semantik kartagrafiyasi suratga olininshi kerak. O’lchovga doir va arxiv materiallari bir tarafdan arxivlashtirish uchun ananaviy tusda bo’lishi kerak, boshqa tomondan esa bunga parallel ravishda eng avvalo o’zbek loyiha hamkorlari uchun foydalanish mumkin bo’lgan digital qurilish arxivi yaratilishi lozim.

4. Loyihani amalga oshirish

Ilmiy rejalarni amalga oshirish uchun beshta bosqich aniqlab olinadi:

Loyihaning 1-bosqichi: (Bamberg sh. Universiteti): Asosiy vazifa Xo’ja Zayniddin masjidi, uning bezakli va rangli yuqori qismining hujjatlashtirilishi.

Bu jarayonda binoni bezash va stilistik klassifikatsiyaning kontsepstiyalari san’atshunoslik nuqtai nazaridan hamda konstruktiv aspektlar me’morchilik nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.

Ilmiy tadqiqot san’at  sohasidagi texnologik izlanishlarga o’z hissasini qo’shishi kerak albatta. Hujjatlarning planlashtirish farmoyishida natija sifatida fotohujjatlar va masjidning va ansamblning uch o’lchamdagi (3D-Model) (Loyihaning birinchi bosqichi) o’lchamlari namoyish etilishi kerak. Loyihaning ikkichi fazasida tadqiqot konseptsiasi Buxoro tumanining janubiy qismiga qaratiladi.

Loyihaning 2-bosqichida (Bamberg sh. Universiteti) Xo’ja Zayniddin masjidining san’atshunoslik nuqtai nazardan statusini aniqlab olish.  Bunda  O’rta Osiyo va Erondagi post-temuriylar davri  me’morchiligiga oid elementlarining davomiyligi (kontinuiteti)va turli xilligi qayta ishlab chiqiladi. Uslublarni qiyoslash  metodik jihatdan Buxoroning yaxshi hujjatlashtirilgan qurilish binolariga asoslanadi. Buning natijasi va isboti sifatida tarixiy-uslub(stil) klassifikatsiyasini o’zida aks ettiruvchi kriteriy (mezon)lar katalogini havola etish kerak bo’ladi. Buxoro ichkari qismidagi diaxron qiyoslashlar regiondan tashqariga kengaytirilishi ko’zda tutiladi. Buning uchun Eron va Afg’onistonda bir xil vaqtda barpo etilgan binolar oldindan tahlil qilinadi. Buning natijasi XV-XVII asrlar islom me’morchiligi tarixi gipotezalarini o’rganishda  ilova bo’lib hisoblanadi.

Loyihaning 3-bosqichi (Washington shahri Universiteti). Islom ustida izlanish olib borish tarixiy arxiv tadqiqoti bo’lib hizmat qiladi. Mazmunga ko’ra Xo’ja Zayniddin masjidining o’zgarishi va uning shahar tarixi, ijtimoiy tarix bilan bo’lgan aloqasi ko’rib chiqiladi. Zamonaviylikka munosabat bu loyihaning bir qismi bo’lib o’ziga zamonaviy foydalanish sistemasi tahlilini qamrab oladi.

Loyihaning 4- bosqichi (Myunxen sharidagi Texnika Universitetei): Tadqiqot markazida masjidning shahar qurilishi kontekstidagi yuqori sifatli yog’och konstruktsiyalari turadi.

Konstruktiv elementlarning boshqa qurilish materiallari bilan birgalikdagi batafsil tahlili rejalashtirilgan.  Yog’och qurilishi o’z ko’rinishiga va ma’nosiga ko’ra rezidentsiya me'morchiligining funktional asosi sifatida ko’rib chiqiladi. Qurilish- tadqiqot tahlili masjidning  va ansamblning uch o’chovli (3D)o’lchami bilan birgalikda qo’ldan qo’lga o’tadi va ananaga ko’ra chizilgan detallar bilan yog’och elementlarning bog’lanishini raqamli ma’lumotlarni to’ldiradi. Bu bilan parellel ravishda Buxoroning janubi- g’arbiy rayonidagi tanlab olingan objektlarning qurilish yoshi, rivojlanishi va qurilish fazasig ko’ra tadqiq etiladi va daha (kvartal)ning modeliga intergratsiya qilinadi.

Loyihaning 5-bosqichi (Bamberg shahri Universiteti): Loyihaning barcha bosqichlarida qurilishga doir hujjatlashtirilishlar (dokumentatsiya) daraxt turlari va qo’llanilagan yog’och- taxtalarning yoshini aniqlab beruvchi tahlilar bilan mustahkamlanilishi kerak. Tanlab olingan binolarda yog’och- taxtalarning turlari va ularning taxminiy kelib chiqishi, yog’och- taxta konstruktsiyalari va yog’och- taxta derazalar misolida aniqlashtirilgan turlari o’rnatiladi. Metod (sanalashtirish) datirovkasi uchun dendroxronologiya (daraxtlarning chopilgandagi yoshini aniqlash metodi)ga murojat qilinadi. Birdan ikki o’n yillikkacha bo’lgan radiouglerod metodi («С14») yordamida butunlay sanalashtirilgan, tegishli davr orasidagi xronologiyani tuzish rejalashtirilgan.

5. Jamoatchilik bilan ishlash

Jamoatchilik bilan ishlash muhim o’rin egallashi lozim. Fan sohasida amalga oshirilgan ishlar va loyihaning kelajakdagi kontseptualligini taqdim etuvchi ikkita ko’p kunlik konferentsiyalar rejalashtirilgan. Alohida ahamiyat o’zbek hamkorlari bilan birgalikda bildirilgan roziligini o’zida aks ettirgan  Xo’ja Zayniddin ansamblini saqlash kontseptsiyasi va konservatsiyasiga kirishi kerak bo’lgan yodgorlikarni asrash aspektiga qaratiladi.

Tadqiqiy loyiha doimiy ravishda gazeta va televideniya bilan birgalikda ish olib boriladi. Ma’lumotlarni tarqatish maqsadida dunyo miqyosida ahamiyat kasb etgan Bamberg a Buxoro yodgorlik- shaharlarida ko’chma ko’rgazmalar, shuningdek Sietl va Myunxen sharlarida asosiy   ko’rgazmalar tashkil qilinishi ko’zga tutilgan. Loyiha ilmiy kitob tarzida chop etilish bilan yakunlandi.